|
Shveysariya Konfederatsiyasi Schweizerische Eidgenossenschaft (olm.) Confédération suisse (frs.) Confederazione Svizzera (ital.) Confederaziun svizra (rum.) Confoederatio Helvetica (lot.) |
|
|---|---|
|
Madhiya
|
|
| Shior: "Unus pro omnibus, omnes pro uno"
|
|
| Poytaxti | Bern |
| Rasmiy til(lari) | nemis, fransuz, italyan va retroman |
| Hukumat | Federativ Respublika |
| Maydoni | |
| Butun | 41285 km2 |
| Suv(%) | 4.2 |
| Aholi | |
| 2016 ro'yxat | 8,401,120(99 - o'rin) |
| Zichlik | 202 kishi/km2 |
| Pul birigi | Frank ( 1 frank = 100 rappen) |
| Vaqt Mintaqasi | (UTC+1) |
| Yoz(DST) | (UTC+2) |
| Qisqartma | CH |
| Internet domen | .ch |
| Telefon prefiksi | +41 |
Davlat tili
Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidur. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan.Davlat tuzumi
Sh. — federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874 yil 29 mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega.Tabiati
Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻʼtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtlokdari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoklarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.Tarixi
shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Sh. haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi — Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Sh. hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291 yil 1 avgustda oʻzaro "abadiy ittifoq" tuzib, "Muqaddas Rim imperiyasi" doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499 yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513 yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798 yilgacha mavjud boʻlgan). 1648 yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Sh. suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803 yillar Sh. hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848 yilgi konstitutsiya boʻyicha Sh. kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va Ikkinchi jahon urushi yillari Sh. oʻz betarafligini tasdiqladi. Sh. hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Sh. 2002 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 23 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992 yil 7 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 avgust — Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899 yildan beri nishonlanadi.Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Shveysariya demokratikxristian partiyasi, 1935 yil tashkil etilgan; Shveysariya demokratlari partiyasi; Sh. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1983 yil asos solingan; Sh. radikaldemokratik partiyasi, 1848 yil tuzilgan; Sh. sotsialdemokratik partiyasi, 1888 yil tashkil etilgan; Sh. liberal partiyasi, 1913 yil asos solingan; Sh. xalq partiyasi, 1971 yil sentabrda Sh. dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Sh. demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Sh. ozodlik partiyasi, 1985 yil tashkil etilgan; Sh. mehnat partiyasi, 1944 yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Sh. kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880 yil tashkil etilgan.Iqtisodiyoti
Sh. — intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4 % ni tashkil etadi.Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Shveysariya vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. shahrida taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9 yillik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 turkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, qishloq xoʻjaligi va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga universitet va institutlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya institutlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Shveysariya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Bazler saytung" ("Bazel gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1977 yildan), "Berner saytung" ("Bern gazetasi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1979 yildan), "Blik" ("Nigoh", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1959 yildan), "Veltvoxe" ("Jahon hafta ichida", nemis tilidagi haftanoma, 1933 yildan), "Tages ansayer Syurix" ("Syurix kundalik sharhi", nemis tilidagi kundalik gazeta, 1893 yildan), "Tribyun de Lozann — maten" ("Lozanna minbari — tong", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1862 yildan). Sh. telegraf agentligi (ATS) 1894 yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Sh. radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. shahrida radioeshittirishlar 1923 yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.Adabiyoti
Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga koʻra qardosh boʻlgan qoʻshni mamlakatlardagi adabiyot bilan bogʻlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qoʻshiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Maʼrifatchilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I.G.Pestalotssi ijodida milliy xususiyatlar oʻz aksini topdi. Fransuz yozuvchisi J.J. Russo hayoti va ijodi ham Sh. bilan bogʻlangan. 1848 yilgi inqilobdan soʻng nemis tilida ijod qiluvchi I.Gotxelf, G. Keller, K.F.Meyer kabi yozuvchilar ijodida realizmni ravnaq topishiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning mashhur vakili R. Tepferdir. Shu yozuvchilarning ijodi tufayli Sh. adabiyoti birinchi marta chet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvchi R. Valzer, Ya.Byurer, fransuz tilida yozuvchi Sh.F.Ramyu kabi adiblar oʻz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular urushdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvchi M. Frish va F.Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib chiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvchi V.M.Diggelman, A. Mushg, O.F.Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A.Martining sheʼriy toʻplamlarida nemis tilidagi shveysar adabiyotining realistik anʼanalari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uygʻunlashib ketgan. Fransuz tilida yozuvchi J. Alda, F. Jakotte, J. Shesseke, italyan tilida yozuvchi F.Kyeza, retoroman tilida yozuvchi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar mashhur.Meʼmorligi
Shveysariyaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinchalik "Karolinglar uygʻonish davri" sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Olmoniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I.Ya.Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755— 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P.A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-yillari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-yillardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50—70-yillarda yoʻddoshshaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi "Kodak" firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi "Bashariyat uyi" (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi "Le Pari" kinoteatri, 1971, meʼmor M.J.Soje].Tasviriy sanʼati
Sh. hududidan topilgan ilk tasviriy sanʼat yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (qarang Laten madaniyati). Myunster (hozirgi Myustair)dagi SanktIogann cherkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid boʻlib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh sanʼati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeych, U. Graf va kichik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G.Asper, yil Amman va T. Shtimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kichik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Sh. sanʼatida barokko uslubi yaqqol koʻzga tashlanadi. 18-asrda koʻp shveysariyalik sanʼat ustalari Fransiyada taʼlim olganligi va ishlaganligi sababli, oʻsha davr Sh. tasviriy sanʼati Fransiya taʼsiri ostida boʻldi. Shu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J.Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maishiy (I.L.Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda koʻplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I.G.Fyusli (asosan, Angliyada ishlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boshida tasviriy sanʼatda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X.L.Fogel, X. Xeys, grafikachi R.Tepfer ijodi). 19-asr oʻrtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkash xalq hayoti ifodalangan maishiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida simvolizm va "modern" uslubida ijod qilgan A. Beklin shuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bagʻishlandi. Bu davrda Sh. sanʼatida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (shveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada ishladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan bogʻliq).
Birinchi jahon urushi yillari Sh. sanʼatida ekspressionizm yoʻnalishi rivojlandi. 60—70-yillar Sh. sanʼatida Yevropa sanʼati oqim va yoʻnalishlari koʻzga tashlandi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, toʻqimachilik, charm va metall buyumlar tayyorlash rivojlangan.
Musiqasi
Sh. xalq musiqa sanʼatida Alp togʻlarida yashovchi togʻlilarning oʻziga xos janri — yodl va choʻpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari — alp burgʻusi va shveysar hushtagi. Professional diniy musiqa taxminan 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi boʻlgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa sanʼatini tarqatuvchi minnezingerlar faoliyat koʻrsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda shahar musiqa birlashmalari tuzila boshladi. 18-asr oxiri — 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa taʼlimi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X.G.Negeli, I.F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asoschisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K.F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. shahrida 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qancha opera truppalari, xor jamoalari va kamercholgʻu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor.Teatri
Sh. teatr sanʼati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarshi kurashini aks ettiruvchi pyesalar yaratilgan. 1512 yil birinchi dunyoviy pyesa — "Tell toʻgʻrisida oʻyin"qoʻyilgan. Fastnaxtshpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettirish siyosiy satira bilan uygʻunlashib ketgan. 1738 yil Jenevada birinchi professional truppa tashkil boʻldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalashtirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Shatlen (1786) va boshqalar shaharlarda teatr binolari qurildi. 1801 yilSankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951 yillar Jenevada "Granteatr" faoliyat koʻrsatdi. 1908 yil Syurixda "Pfauenteatr" drama teatri (keyinchalik "Shaushpilxauz") ochildi va shahrining yetakchi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rejissor Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Chexov va boshqalarning pyesalari qoʻyildi. shahridagi boshqa mashhur teatrlar: Lozannadagi "Pti shen" va "Bolye", Jenevadagi komediya, "Nuvo teatr de posh" va "De Rosh" teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Sh. teatrining yetakchi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G.Otto.Filmi
Birinchi toʻla metrajli badiiy film ("Konfederatsiyaning vujudga kelishi", rejissor E. Xarder) 1924 yilda yaratilgan. Shu yili Syurixda "Prazens" kinofirmasi tashkil etildi. 1930—40 yillarda hujjatli filmlar rejissorlari A. Veksler, E. Layzer ishlari, rejissor L. Lindtbergning vatanparvarlik ruhidagi badiiy filmlari ("Oʻqchi Vipf", 1938; "Soʻnggi imkoniyat", 1945) ajralib turadi. 1950-yillarda "Batrak Uli" (1954), "Pishloq pishiruvchilar" (1958; ikkalasining rejissor F. Shneyder), "Odeon kafesi" (1958, rejissor K. Fryu) filmlari ekranga chiqdi. 60-yillargacha shahrida kino, asosan, nemis tilida boʻlgan. Fransuz tilida ijod qiluvchilar orasida hujjatli filmlar rejissor Sh. Dyuvanel va hujjatli filmpamfletlar muallifi A. Brandt mashhur. 1968 yil rejissorlar A. Tanner, K.Goretta, J.L.Rua, M. Sutter va J.J.Lagranj (keyinchalik oʻrniga N. Yersen boʻldi).Geografik joylashuvi va tabiati.
Markaziy Yevropadagi davlat. Janub va janubi sharqda - Italiya (chegaraning uzunligi 740 km), g'arb, janubi g'arb va shimoli g'arbda - Fransiya (573 km), shimolda - Germaniya (334 km), sharqda - Avstriya (164 km) va Lixtenshte (41 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 1852 km. Shveytsariya - togii mamlakat. Uning katta qismida Alp tog'lari joylashgan. Mamlakatning eng baland nuqtasi - Dyufur tog'i (4634 m). Alp muzliklarining maydoni - 2000 km2. Shimoli g'arbda Yura togMari bor. Markaziy qismda Shveytsariya yassitogligi joylashgan. Asosiy daryolari: Reyn, Rona, Tichino. Yirik ko'llari: Jeneva, Boden. Asosiy tabiiy resurslari: yog'och, gidroenergetik potensial. Mamlakat hududining 10% i haydaladigan yerlardan, 40% i yaylov va o'tloqlardan iborat. Atlantika okeanining ta'siri va mamlakat orfografik tuzilishining murakkabligi ko'pincha iqlimning nam bo'lishiga sabab bo'ladi. Shveytsariyaning o'simlik dunyosi asosini ignabargli va subalp o'rmonlar tashkil etadi. Tog'larda saldanella, primula hamda Shveytsariyaning norasmiy ramzi hisoblangan edelveys o'sadi. Yovvoyi echki, suvsar, quyon, sug'ur, ayiq, tulki, bolri, to'ng'iz, burgut, karqur hayvonot olamini tashkil etadi.Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.
Davlat tuzilishi - federativ respublika. Mamlakat tarkibida kanton bor (ulardan uchtasi yarim kantonlarga bo'lingan). Shveytsariya Konfederatsiyasi 1291-yilning 1-avgustida tashkil topgan. Ushbu kun milliy bayram - Konfederatsiya tashkil topgan kun hisoblanadi. Federal konstitutsiya 1874-yilda qabul qilingan. Har bir kanton o'zining konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Davlat va hukumat boshlig'i - konfederatsiya prezidenti. Hukumat Federal Kengash deb nomlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Kantonlar senati (yuqori palata) va Milliy Kengash (quyi palata) dan iborat ikki palatali parlament Federal Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Shveytsariya radikal-demokratik partiyasi, Shveytsariya xristian-demokratik partiyasi, Shveytsariya sotsial-demokratik partiyasi.Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.
Yuqori darajada rivojlangan sanoat davlati. Shveytsariya aholi boshiga daromad darajasi bo'yicha jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Qazilma boyliklarining yo'qligiga qaramay Shveytsariya jahon bozorlarida kuchli raqobatchi hisoblanadi, bundan tashqari bu davlat iqtisodiy barqarorlik va aholining bandligini yuqori darajada ushlab turadi. Metallga ishlov berish, mashinasozlik, uskunasozlik, kompyuter texnikasi, transport vositalari, soatsozlik, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatining eng taraqqiy etgan tarmoqlaridir. Iqtisodining muhim tarmoqlaridan biri - bank ishi. Shveytsariya dunyoning moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi (YIMning 5% i) asosan chorvachilikka ixtisoslashgan. 2012-yil YIM miqdori 325.3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga - 43.1 doll.) Tashkil etgan. Temiryo'llarining umumiy uzunligi - 5174 km (99% elektrlashtirilgan), avtomobil yo'llari 61,500 km, ichki suv yo`llari - 65 km. Asosiy daryo porti - Bazel.Tarixi.
Kelt qabilalari - ret va gelvetlar yashagan hozirgi Shveytsariya I asrda qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. V asrda bu hududga german qabilalaridan burgundlar va allemanlar kirib kelishadi va hozirgi Roman Shveytsariyasi hamda Alleman Shveytsariyasi joylashgan hududlarda o'mashishadi. VI asrdan hozirgi Shveytsariya hududi Franklar qirolligi, keyinroq Burgundiya, 1032-yildan Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. XII-XIII asrlarda bu hududda bir qator mustaqil knyazliklar shakllanadi. Shular orasida XIII asrning oxirlariga kelib Gabsburg knyazligi obro 'qozonadi. 1291-yilda uchta shveysar kantoni (Uri, Shvits va Untervalden) ittifoq tuzib, gabsburglarga qarshi kurashadilar. Qator mag'lubiyatlar (1315-yil - Morgatan, 1351-yil - Syurix, 1386-yil - Zempaxdava va boshqalar) dan so'ng gabsburglar 1389-yilda Konfederatsiyani tan oladilar. 1498-yilda Konfederatsiyaga yana besh kanton qo'shiladi. Shveytsariya Konfederatsiyasining harbiy qudrati Yevropa davlatlari tomonidan tan olinadi (Shveytsariyaning rasman tan olinishi 1648- yilgi Vestfaliya shartnomasi bilan mustahkamlangan) va ular XV-XVI. Reformatsiya XVI asrda mamlakatni ikkiga bo'lib, fuqarolar urushini keltirib chiqaradi. Katolik va protestantlar o'rtasidagi janglardan birida protestant ruhoniysi U. Svingli halok boiadi. Shundan so'ng ikki o'rtada shartnoma tuzilib, unga ko'ra to'rt kantonda kalvinizm, yetti kantonda katolik dini tan olinadi. Shveytsariya XVII asrda neytralitet e'lon qiladi. Neytralitet bir marotaba, 1798-1814 yilgi Napoleon urushi davrida buziladi. Lekin 1815-yilgi Vena kongressi Shveytsariyaning xalqaro maqomini tasdiqlab, uning neytralligi va chegaralarining daxlsizligini kafolatlaydi. Shu davrdan qo'shilmaslik siyosati mamlakat tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi va Shveytsariya bu siyosatga ikkita jahon urushlarida ham amal qildi. Shveytsariya bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o'rnatilgan.Shveysariya dunyoning eng yaxshi mamlakati deya e’tirof etildi.
Shveysariya dunyoning eng yaxshi mamlakati deya e’tirof etildi. «Best Countries Report» ma’lumotiga ko‘ra, Shveysariya qatorasiga ikkinchi marta «dunyoning eng yaxshi mamlakati» deya e’tirof etildi.